"Bunyodkor" bosh murabbiyi ham ketmoqchi. Klubni yana kimlar tark etdi?

  • 12 yanvar, 2023, 19:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" klubida o‘zgarishlar davom etadi. Biroz avval "Bunyodkor" klubi direktori Aziz Haydarov lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgandik.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Aziz Haydarov ortidan jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich ham lavozimini tark etmoqchi. Hozircha, uning bu qarori qanoatlantirilganmi yoki yo‘q noma’lum.

"Bunyodkor"da o‘zgarish... 4 oylik rahbar ishdan olindi

IMG_2611

Shuningdek, klub akademiyasi rahbari Islom Ahmedov ham ishdan olingan. Ma’lumot o‘rnida, ushbu mutaxassislar o‘tgan yili kuzda bir vaqtda klubga kelgandi.

Qolaversa, klub matbuot kotibi ham lavozimini tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!