"Bunyodkor" chempionat doirasida o‘z maydonida ilk marta AGMK klubiga mag‘lub bo‘ldi. Abramov bunga qanday izoh berdi?

  • 18 oktabr, 2019, 22:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - AGMK (0:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

Tecno

"Oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, hisob o‘yinga mos bo‘ldi, deya olmayman. Nega jamoaning o‘yinida pasayish ro‘y berdi? Har qanday jamoada «spad» bo‘ladi. Bu yangilik emas. Shunchaki, biz juda oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘yyapmiz. Eng yomoni, tajribali futbolchilar shunday xatolar yo‘l qo‘ymoqda. Qolaversa, zaxira o‘rindig‘imiz qisqaligi ham pand bermoqda. Xususan, futbolchilarimiz terma jamoalardan ikki kun avval etib kelishdi. Birga shug‘ullanishga etarlicha vaqt bo‘lmadi. Mabodo bugungi uchrashuvni ikki kundan keyin o‘tkazganimizda o‘yin boshqacharoq bo‘lishi mumkin edi. Agar zaxira o‘rindig‘imiz uzun bo‘lganida bugun boshqa futbolchilarning xizmatidan foydalangan bo‘lardim", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!