“Bunyodkor” Dubayda Feliks Magat boshqaruvidagi klubga qarshi o‘ynaydi

  • 11 fevral, 2018, 23:11
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni BAAda olib bormoqda. 

"Qaldirg‘ochlar" bugun mazkur yig‘in doirasida Xitoyning "Chuntsin Lifan" klubiga qarshi bahs olib borishdi va 0:0 hisobida durang o‘ynashdi.

Endi Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoa 3 fevral kuni BAA yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Shu kuni “Bunyodkor” Xitoyning eng mashhur klublaridan biri – “Shandun Lunen” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xitoy klubi safida Diego Tardelli va Gratsiano Pelle kabi mashhur futbolchilar to‘p tepishmoqda. “Shandun Lunen”ga germaniyalik taniqli mutaxassis Feliks Magat ustozlik qilmoqda.

“Bunyodkor” – “Shandun Lunen” uchrashuvi 13 fevral kuni Dubaydagi “Jebel Ali” majmuasi maydonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!