
APL. Husanov qaydnomaga ham kiritilmagan uchrashuvda "Manchester Siti" qimmatli ochkoni yo‘qotdi
Angliya Premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan "Sautgempton" - "Manchester Siti" uchrashuvi nursiz durang bilan yakunlandi (0:0).
Xabaringiz bor, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Ushbu kurash davomida manchesterliklar "Nyukasl", "Chelsi". "Nottingem Forest" va "Aston Villa" bilan jang qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, milliy terma jamoamiz himoyachisi va etakchisi Abduqodir Husanov ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham qaydnomadan o‘rin olmadi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Fikrlar