
"Bunyodkor" futbolchisi endi boshqa klub sharafini himoya qiladi
Joriy mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazgan iqtidorli himoyachi Farhod Mirahmatov aftidan jamoasini o‘zgartiradi. Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning mazkur masala bo‘yicha olgan ma’lumotiga qaraganda, futbolchi va klub o‘zaro kelishgan holda shunday qarorga kelingan. Endilikda Mirahmatov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Himoyachi bu yilgi chempionatda “Bunyodkor” safida Superligada 7 ta, O‘zbekiston Kubogi bahslarida esa 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 marta sariq kartochka olgan.
Yodingizda bo‘lsa, Farhod Mirahmatov bungacha “Obod”, “So‘g‘diyona”, “Andijon” va “Navbahor” tarkibida ham to‘p surganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak.
Futbolchining yangi mavsumni qaysi jamoada o‘tkazishini tez orada bilib olamiz.
Fikrlar