"Bunyodkor" ikkita nazorat o‘yini o‘tkazadi
Mashg‘ulotlar «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan «Bunyodkor» navbatdagi rasmiy o‘yinga qadar ikkita nazorat bahsida maydonga tushadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Toshkentliklar 6 sentyabr kuni «Andijon» bilan kuch sinashsa, oradan uch kun o‘tib, «Metallurg»ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkaziladi. Har ikkala bahs ham «Bunyodkor» akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov shogirdlari Superliganing 19-turini safarda «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar