"Buyukdor" klubi murabbiylar shtabiga italyalik mutaxassis jalb qilindi
"Bunyodkor" jamoasi italyalik darvozabonlar murabbiyi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Antaliyada oʻquv-yiğin mashgʻulotlarini oʻtkazayotgan bosh jamoamizning murabbiylar shtabida italyalik mutaxassis ish boshladi.
Marko Nikodemo — UEFAning darvozabonlar murabbiyi boʻyicha "B"litsenziyasi sohibi boʻlgan mutaxassis 2026 yildgi mavsum jamoamizda faoliyat olib boradi. U darvozabonlarimizni mavsumga va uchrashuvlarga tayyorlaydi", — deyiladi "qaldirgochlar" xabarida.
Ma'lumot uchun, Ilyos Zeytullaev shogirdlari Superliganing yakunlangan mavsumida 49 ochko bilan 5-oʻrinni egalladi.
Fikrlar