"Bunyodkor" Minskda dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazdi

  • 13 iyul, 2019, 19:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vadim Abramov shogirdlariga Belorus chempionatining 1-divizionida 34 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan "Smolevichi-STI" klubi raqiblik qildi va unda toshkentliklar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 64-daqiqada Dilshod Ahmadaliev tomonidan kiritildi.

Tecno

"Qaldirg‘ochlar" 15 iyul sanasida Premer-liga vakili «Energetik-BDU» jamoasi bilan kuch sinashadi. Aytish kerak, «Energetik-BDU» Belorus Premer ligasida 14-turdan keyin 11 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Nazorat o‘yini

"Bunyodkor" - "Smolevichi" (BelorusG‘ 1:0

Gol: Dilshod Ahmadaliev (64)

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Dilshod Ahmadaliev, Anvar G‘ofurov, Abdulla Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Lutfulla To‘raev, Xurshid G‘iyosov, Suhrob Izzatov, Nurillo To‘xtasinov, Jasurbek Jaloliddinov, Vladislav Nuriev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Sanjar Rixsiboev, Mirjahon Mirahmadov, Javohir Qahramonov, Valeriy Akopov, Boburbek Farhodov, Muhammadodil Qahramonov, Ulug‘bek Abdullaev, Farrux Ikromov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!