
"Bunyodkor" murabbiylariga afrikalik futbolchi ma’qul kelmadi. Yana 2 nafar legionerchi?
«Bunyodkor»ning Minskda o‘tkazgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
11 iyuldan Belorus poytaxti Minskda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil qilgan "qaldirg‘ochlar" yurtimizga qaytishdi va Superliga bahslariga tayyorgarlikni davom ettiradi. Minsk yig‘inida «Bunyodkor» beshta nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlabki uch o‘yinda g‘alabaga qozonilgan bo‘lsa, so‘nggi ikki bahsning birida mag‘lub bo‘ldi, yana birida durangga - «Smolevichi» (0:1), «Gorodeya» (1:2), BATE (o‘rinbosarlar, 1:4), «Dnyapro» (3:2), «Smolensk» (Rossiya, 3:3).
Yig‘in davomida uch nafar xorijlik futbolchi jamoa ko‘rigida bo‘ldi. Hujumchi, vinger Muhammad Diallo to‘rt o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan bo‘lsa-da, murabbiylar shtabiga uning harakatlari ma’qul kelmadi. Yig‘inning so‘nggi kunlarida yig‘inga kelib qo‘shilgan rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy va ukrainalik Evgeniy Chumakning taqdiriga shu kunlarda oydinlik kiritiladi.
Fikrlar