Fayzullaevning ketishi TsSKA uchun yo‘qotish

  • 21 iyul, 16:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur murabbiy Valeriy Nepomnyashiy legionerimiz Abbosbek Fayzullaev TsSKAni tark etishi haqida gapirdi. Avvalroq, Fayzullaev faoliyatini Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida davom ettirishi haqida xabar berilgandi.

Tecno

"Fayzullaev TsSKA uchun yo‘qotish bo‘ladi. Abbos o‘yiniga yana va yana qo‘shishi mumkin edi. Lekin bu moliyaviy foydali savdo. Bundan qochib qutulib bo‘lmaydi - TsSKA pul topishga majbur. Menimcha, to‘g‘ri yo‘l shu. Agar futbolchi Evropada o‘ynash istagini bildirgan bo‘lsa, o‘ynasin," - dedi Nepomnyashiy "Chempionat" muxbiri Egor Kabak bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Istanbul" Fayzullaevning 7,5 million evro evaziga Moskva klubi bilan kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Abbosbek 2023 yilning yozida "Paxtakor" klubidan 500 ming evro evaziga TsSKAga o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!