"Bunyodkor" oxirgi nazorat o‘yinida ham zafar quchdi

  • 6 mart, 2019, 16:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida «Yangier»dan ustun kelgan "Bunyodkor" jamoasi bugun «Oq-tepa»ni ham mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Xuddi «Yangier» kabi «Oq-tepa» ham «Bunyodkor»ga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Durang uchrashuvning so‘nggi o‘n daqiqasida g‘alabaga aylangani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Vadim Abramov bugungi bellashuvda tajribali futbolchilarning xizmatidan foydalandi. O‘sha tajriba uchrashuv yakunida o‘z so‘zini aytdi.

Bugungi bellashuv "qaldirg‘ochlar" uchun yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi so‘nggi nazorat o‘yini bo‘ldi. Jamoa buyog‘iga Superliganing 1-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi.

BUNYoDKOR - OQ-TEPA 3:1

Gollar: Mirjahon Mirahmadov 8, Javohir Omonov 26, Xurshid G‘iyosov 80, Islomjon Qobilov 84

«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Ulug‘bek Abdullaev, Anvar G‘ofurov, Islomjon Yoqubov, Dilshod Ahmadaliev, Jasur Jaloliddinov (Sanjar Qodirqulov), Nurillo To‘xtasinov (Abdulla Abdullaev), Lutfulla To‘raev, Xurshid G‘iyosov, Mirjahon Mirahmadov (Sanjar Rihsiboev), Javohir Qahramonov, 

«Oq-tepa»: Rustam Dadaboev, Hamid Rustamboev, Murod To‘ychiboev, Sarvar Safarov, Shahboz Tojiev, Zohid Mirsaidov, Saidjamol Davlatjonov, Javohir Omonov, J.Yusupov, Irisdavlat Hakimov, Pavel Purishkin.
Zaxira: Izzat Abduraimov, Olmos Fayziev, Ruslan Sa’dullaev, Bilol Toshmirzaev, Sherzod Qodirov, Farrux Pardaev, Sunnat Yusupov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!