
"Bunyodkor" pro-liga debyutantiga yutqazdi
Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi “qaldirg‘ochlar” bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Pro-liganing yangi ishtirokchisi - “Yangier”ga qarshi o‘yin raqibning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Sanjar Baratov tomonidan urilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi.
Nazorat uchrashuvi
“YaNGIER” – “BUNYoDKOR” - 1:0
23 fevral. Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
“Bunyodkor”: Zafar Safoev, Ulug‘bek Abdullaev, Xurshid Ubaydullaev, Davronjon Ergashev, Sunnatilla Abdullajonov, Odiljon Abdurahmonov, Sanjar Rashidov, Suhrob Izzatov, Xurshid G‘iyosov, Farruh Ikromov, Ibrohim Tomiva.
Zaxiradan tushganlar: Sarvar Karimov, Muhammadodil Qahramonov, Shahboz Erkinov, Mirjahon Mirahmadov, Valeriy Akopov, Hasan Yo‘ldoshev, Ibrohim Ibragimov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati.
Fikrlar