"Bunyodkor" va "Metallurg"ni bog‘lab turuvchi bir raqami
“Bunyodkor” – “Metallurg” jamoalari uchrashuvi o‘tgan turda mag‘lubiyatga uchragan ikki klub klubning o‘zaro to‘qnashuvi bo‘ladi. "Metallurg" klubi matbuot xizmati bahs oldidan qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.
"Metallurg" bu mavsum hozirgacha safarda atigi bir marta g‘alaba qozondi xolos. "Bunyodkor" esa o‘z maydonida atigi bir marta mag‘lub bo‘ldi xolos. Qizig‘i, "qaldirg‘ochlar" o‘z maydonidagi so‘nggi 5ta turda hech kimga yutqazishmadi, bekobodliklar esa safardagi oxirgi 5ta o‘yinda hech kimga yutqazishmadi.
Birinchi davrada bu jamoalarning o‘zaro o‘yinida "Bunyodkor" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Bu ikki klub shu kungacha O‘zbekiston chempionatida o‘zaro 27 marta o‘yin o‘tkazishgan. Shundan 20 tasida "qaldirg‘ochlar" zafar quchishgan. Uch marta "Metallurg" g‘olib bo‘lgan va 4 marta durang qayd etilgan.
"Bunyodkor" o‘z maydonida bu jamoaga qarshi o‘tgan 13 ta o‘yinning 11 tasida g‘alaba qozongan. Bir marta durang (2017 yil) kuzatilgan va bir marta "Metallurg" safarda g‘alaba qozongan (2007 yil).

Fikrlar