"Bunyodkor" "Zarya"ga alamli tarzda yutqazib qo‘ydi

  • 16 fevral, 2022, 21:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shuhrat Maqsudov bosh murabbiylik qilayotgan “Bunyodkor” Turkiyada navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Ukrainaning “Zarya” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvda “Bunyodkor” alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. 25-daqiqada Xusayn Ergashboev hisobni ochgandi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Vladislav Kabaev hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Denis Favorovning goli “Zarya”ga g‘alaba keltirdi  va shu tariqa “Bunyodkor” alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi.

“Bunyodkor”: Suhrob Sultonov, Davron Ergashev, Avaz O‘lmasaliev, Suhrob Izzatov, Dilshod Jo‘raev, Odil Abdurahmonov, Rasul Yo‘ldoshev, Jahongir O‘rozov, Mahmud Mahamadjonov, Usmonali Ismonaliev, Husayn Ergashboev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Safoev, Umid Sultonov, Umarali Rahmonaliev, G‘ayrat Azizxo‘jaev, Alfayzi Ne’matov.

"Bunyodkor" kuchsizlandimi? "Har kim turlicha gapiradi, lekin biz tanlagan yo‘limizdan qaytmaymiz" - Shuhrat Maqsudov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!