Rivaldo APLdan qaysi klubni tanlagan bo‘lar edi?
"Barselona" sobiq hujumkor yarim himoyachisi Rivaldo o‘z vaqtida "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
"Agar Angliya premer-ligasiga o‘tish imkoni bo‘lsa, unda men "Manchester Yunayted"ni tanlagan bo‘lar edim. Albatta Angliyada yaxshi klublar talaygina, biroq MYu o‘sha vaqtda qolganlaridan ko‘ra ko‘proq yoqar edi", - deydi Rivaldo.
Eslatib o‘tamiz, "Bunyodkor" sobiq futbolchisi faoliyati davomida 500 ga yaqin o‘yinlarda maydonga tushgan va 250 ga yaqin gol kiritgan.



Fikrlar