
"Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi hali ishga kirishmay, tarixdan joy oldi
Ma’lumki, kecha “Bunyodkor” jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi.
Mavsum boshidan buyon Shuhrat Maqsudovga yordam berib kelgan Viktor Karpenko bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Viktor Aleksandrovich futbolchilik vaqtida “Bunyodkor” libosida maydonga tushib, jamoaga bosh murabbiylik qilayotgan ikkinchi mutaxassisga aylandi. Bunga qadar Sergey Lushan futbolchilik faoliyatining ma’lum qismini “Bunyodkor” safida o‘tkazib, keyinchalik murabbiy sifatida “qaldirg‘ochlar”ga boshchilik qilgan edi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Viktor Karpenko: - So‘nggi uchrashuvlarda jamoamizning zaxira o‘rindig‘i qisqa ekanligi bilindi. Tarkibdagi futbolchilar yosh, ularga yuklamalar og‘irlik qilmoqda. Shuning uchun o‘yindan-o‘yinga tiklanish jarayoni qiyin kechmoqda. Tabiiyki, biz bu vaziyatdan chiqish ustida ish olib boramiz. “Bunyodkor” – bu brend! Biz jamoaning obro‘sini tushirmaslik uchun bor imkoniyatimizga ishga solamiz va borimizni berib mehnat qilamiz.
“Bunyodkor”ni boshqargan murabbiylar
2005 yil Mavzurxo‘ja Umarxo‘jaev
2006-2007 yillar Hikmat Ergashev
2007-2008 yillar Mirjalol Qosimov
2008 yil Ziko
2009 yil Amet Memet
2009 yil Hikmat Ergashev
2009-2010 yillar Luis Felipe Skolari
2010-2014 yillar Mirjalol Qosimov
2014 yil Aleksandr Volkov (v.b.)
2014-2015 yillar Sergey Lushan
2016 yil Baxtiyor Boboev (v.b.)
2016-2017 yillar Sergey Lushan
2017-2018 yillar Mirjalol Qosimov
2019-2020 yillar Vadim Abramov
2021-2022 yillar Shuhrat Maqsudov
2022 yildan Viktor Karpenko (v.b.)
Fikrlar