Buskets va Messida bir xil vaziyat

  • 4 may, 2023, 17:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets keyingi mavsumda MLSda o‘ynamaydi. "Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Amerika chempionatidagi jamoalarga o‘tishdan bosh tortgan. Shu bilan birga, manbaning qo‘shimcha qilishicha, Buskets hali ham Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga katta maosh taklif qilishmoqda.

Tecno

Hozirda Serxioda faoliyatini davom ettirish uchun faqat ikkita yo‘l bor: maoshini qisqartirgan holda “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirish yoki Saudiya Arabistoni klubiga o‘tish. PSJ hujumchisi Lionel Messida aynan shunday imkoniyatlar bor: argentinalik futbolchi yo "ko‘k-anorranglilar" safiga qaytadi  yoki faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!