Butunjahon armiya o‘yinlari. Sergey Fomin yarim finalda!
Xitoyning Uxan shahrida davom etayotgan Butunjahon armiya o‘yinlarida tennis bo‘yicha hamyurtimiz Sergey Fomin chorak finaldagi bahsini o‘tkazdi.
Fomin xitoylik Gong Mao Ksinga qarshi bellashib, 6:3, 6:4 hisoblarida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Endi Fomin yarim finalda 25 oktyabr kuni yana bir xitoylik Vu Diga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avalroq, Jo‘rabek Karimov ham chorak finadagi bahsini o‘tkazgan edi va imkoniyatni boy berdi.



Fikrlar