
Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston so‘ngi turda Frantsiyani mag‘lub etdi
Ayni kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo‘yicha 45-Butunjahon olimpiyadasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o‘z unvonini himoya qiladi.
Yigitlar jamoasi bugungi o‘yinda Frantsiya bilan bahs olib borib, 2.5 -1.5 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Ayollar jamoamiz esa Turkiya bilan o‘yinda 2.5 - 0.5 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shunday qilib, mazkur nufuzli musobaqa o‘z yakuniga etdi. Erkaklar terma jamoamiz umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Qo‘shimcha natijalarga ko‘ra jamoamiz Xitoy, Serbiya va Armaniston jamoalarini ortda qoldirdi. Taxtalar kesimida Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rinni, Shamsiddin Vohidov 4-taxtada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ayollarimiz esa, 12-o‘rinni band etishdi. Bu natija orqali ular o‘zbek ayollari shaxmatida ham tarix yozishdi. Taxtalar kesimida Nodira Nodirjonova 5-taxtada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Biz keyingi musobaqa va turnirlarda barcha shaxmatchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
Fikrlar