
"Buxoro" klubi o‘z safiga O‘zbekiston MTJ sobiq futbolchisini qo‘shib oldi
Bir necha kun avval, "Surxon" futbolchisi Aziz Ibragimov "Buxoro" klubiga o‘tishi borasida xabar bergandik. Termizliklar matbuot xizmati Ibragimov "Buxoro"ga o‘tganini tasdiqladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Surxon" jamoasi yarim himoyachisi hisoblangan Aziz Ibragimov faoliyatini "Buxoro"da davom ettiradi. Futbolchi yil yakuniga qadar "Buxoro" jamoasida ijara asosida to‘p tepadi.
Aziz Ibragimov 2007-2011 yillari O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar