
“Buxoro” “Sho‘rtan”ni mag‘lub etib, mavsumni to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi
Oliy Liga so‘nggi turida “Buxoro” o‘z maydonida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahsda buxoroliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdagi ilk golga 28-daqiqada Ma’ruf Murodov mualliflik qilib, g‘uzorliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 30-daqiqada Aziz Abragimov hisobni tenglashtirdi.
Tanaffus arafasida esa Vadim Chemirtan (45’) mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Shavkat Salomov “Buxoro”ning 3-goliga mualliflik qilib, yakuniy natijani o‘rnatdi.
Shunday qilib, “Buxoro” ochkolari sonini 58 taga etkazib, mavsumni 4-o‘rin bilan yakunladi. “Sho‘rtan” esa 35 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasidan o‘rin oldi.
Oliy Liga 30-tur
23.11.2016
“Buxoro” – “Sho‘rtan” - 3 : 1 (2 : 1, 1 : 0)
Gollar: Aziz Abragimov 30, Vadim Chemirtan 45, Shavkat Salomov 55 – Ma’ruf Murodov 28
Chetlatish: Igor Taran 68
“Buxoro”: 25.Shohjahon Nasimov, 23, Aleksandr Merzlyakov, 33.Bobur Omonov, 55.Shavkat Mullajonov, 93.Maksimilian Fomin, 10.Shavkat Salomov (7.Suhrob Ne’matov 60), 11.San’at Shixov, 61.Aziz Ibragimov, 67.Alisher Sanoev, 8.Salamat Qutiboev, 70.Vadim Chemirtan (18.Bahodir Pardaev 65).
“Sho‘rtan”: 14.Umar Eshmurodov, 3.Hasan Ergashev, 48.Vusol Mageramov, 17.G‘ulom Rahmonov, 18.Eldor Boymatov, 19.Ma’rufxon Murodov, 7.Olimjon Karimov, 8.Sunnatulla Mamadaliev, 93, Alibek Turobov, 11.Zafar Polvonov, 9.Igor Taran.
Fikrlar