"Buxoro" va "Bunyodkor" jamoalari a’zolari IgG testi topshirmoqda

  • 8 avgust, 2020, 12:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilishini ta’minlash, COVID-19 pandemiyasi davrida futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar sog‘lig‘i holatini nazorat qilish uchun malakali shifokorlardan iborat Komissiya tashkil etganidan xabaringiz bor.

Tecno

Bugun ushbu Komissiya a’zolari tomonidan "Buxoro" va "Bunyodkor" jamoasi a’zolari IgGni aniqlash bo‘yicha testdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Image3

Bilasiz, 14 avgust kuni aynan mana shu ikki jamoa markazlashgan chempionatning ilk o‘yinida o‘zaro bahs yuritishadi. O‘tkazilgan test natijalari musbat chiqqan futbolchilar ularda antitana hosil bo‘lgani sababli qo‘shimcha tarzda funktsional holatni aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan ham o‘tishmoqda.

Image1

IgG natijasi manfiy chiqqan qolgan barcha vakillar qo‘shimcha PZR testini topshirishadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!