Buxoroda ayollar va qizlar boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatda bahslashadi
Buhora shahrida joylashgan olimpiya zaxiralari kollejida O‘zbekiston boks federatsisi tomonidan 6-11 fevral kunlari ayollar va qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkaziladi.
Musobaqada ayollar 11 vaznda, qizlar esa 10 vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashadi.
Ma’lumot uchun: Ayollar o‘rtasidagi bahslarda o‘zini ko‘rsatgan sportchilar 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida terma jamoa cafida ishtirok etish uchun saralansa, qizlar 2018 yili Argentinada o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralanadi.

Fikrlar