Buxorolik muxlislar Navoiyga yo‘l oladi
Kubok uchrashuvidan so‘ng "Buxoro" jamoasi navbatdagi turga tayyorgarlikni boshlab yubordi. 4-tur doirasida "Buxoro" Navoiyning "Qizilqum" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Ushbu uchrashuvda har ikkala jamoaga ijobiy natija suv va havodek zarur. Shu sababli ushbu uchrashuvga qiziqish juda yuqori. Buxorolik muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navoiyga safar qilishadi.
"Qizilqum" – "Buxoro" uchrashuvi 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Aynan shu kuni Buxoro shahridan muxlislar avtobuslarda Navoiy tomon yo‘lga chiqishadi. Ushbu uchrashuvga borishni xohlovchi barcha muxlislarni bugundan boshlab ro‘yxatga olish jarayoni boshlanadi.
Fikrlar