
CAFA-2023: Rossiyaning ortidan Xitoy ham turnirga qo‘shilishi mumkin, faqat...
Tailand terma jamoasi Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida ishtirok etishi mumkin.
“Sport-Ekspress” xabariga ko‘ra, Tailand terma jamoasi Rossiya terma jamoasi ishtirok etadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) birinchi chempionatining sakkizinchi ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Hozircha Tailand futbol federatsiyasi buni tasdiqlamadi. Agar ushbu taklif rad etilsa, uning o‘rnini Xitoy terma jamoasi egallashi mumkin.
Turnir joriy yilning iyun oyida, o‘yinlar esa Toshkent va Bishkek shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining barcha olti a’zosi – Tojikiston, Eron, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston milliy terma jamoalar o‘rtasidagi CAFA‑2023 chempionatida ishtirok etishlarini tasdiqlagan.
Fikrlar