
"CAFA Nation's Cup". Birinchi gol o‘tkazib yuborgan O‘zbekiston Tojikistonni tor-mor keltirdi. Navbat finalda kutib turgan Eronga!
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini yakuniga etdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda gollarga Jasur Yaxshiboev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullaev, Xojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboev jarima zarbasidan kiritdi.
Shu tariqa, vakillarimiz yuz fozlik natija qayd etdi va umumiy 9 ochko to‘pladi. Endi 20 iyun sanasida terma jamoamiz Eronga qarshi hal qiluvchi final bahsida maydonga tushadi.
Fikrlar