"CAFA Nation's Cup". O‘zbekiston - Ummon: Uchrashuvda ro‘y bergan barcha voqealar! (Matnli translyatsiya)

  • 11 iyun, 2023, 20:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni vaqtda "CAFA Nation's Cup" turniri doirasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Ummon bahsi start oldi. Mazkur bellashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Tecno

Maydonda terma jamoalar madhiyasi yangradi. Musobaqaning ochilish marosimi shu tariqa yakuniga etdi.

Uchrashuv starti uchun barchasi tayyor. 

1. Bellashuvga start berildi. Vakillarimiz oq, raqib Ummon termasi esa qizil rangli liboslarda to‘p tepadi.

3. Masharipov raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi. Ammo hakam bu vaziyatda penalti yo‘q, deb hisobladi. Jaloliddinga tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.

6. Jarima zarbasi bizning foydamizga. Yaqin nuqtadan zarba berish imkoniga egamiz!

8. GOOOOOOOOOOOOL! Masharipov jonli devor ostidan to‘pni o‘tkazib, uchrashuvda hisobni ochmoqda!!!

11. To‘p nazorati endi raqiblar tomoniga o‘tdi.

14. Hamyurtlarimiz pozitsion hujum tashkil etishga urinib ko‘rdi. Ammo raqib himoyachilari ham hushyor ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

17. Iskanderovning zarbasini raqib darvozaboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 

19. O‘yinda keskinlik biroz pasaydi. Terma jamoamiz hammasini nazorat qilib bormoqda.

21. To‘p bilan bizning futbolchilar. Raqib hozircha pressing qilishga shoshilmayapti. 

24. GOOOOOOOOOL! Jaloliddin Masharipov Sayfievning zargarona uzatmasidan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Barakalla, yigitlar!!!

28. Maydon markazida Hamrobekovning faolligi evaziga to‘pni raqibdan olib qo‘ydik.

32. Ummon terma jamoasi hujumlar tashkil etishga urinib ko‘ryapti.

35. Mehmonlar darvozasi oldida bosim uyushtiryapmiz.

37. Ummonning hujumi noaniq uzatma sabab samarasiz yakun topdi. 

40. Hamyurtlarimiz to‘p nazoratiga egalik qilmoqda.

43. Masharipov va Sayfiev kombinatsiyasini raqiblar tushunib qoldi va vaziyat biz uchun besamar yakunlandi.

45. Uchrashuv birinchi taymiga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. 

45+1. Birinchi bo‘lim yakuniga etdi. Hozircha Masharipovning dubli evaziga 2:0 hisobida oldinda boryapmiz. 

46. Ikkinchi bo‘limga start berildi. 

48. Masharipov mehmonlar futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. 

51. Oston O‘runov o‘yinda kichik xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Ammo hozircha bu bizga keskin ta’sir o‘tkazmayapti.

54. Hamrobekov yana bir bor raqibdan to‘pni olib qo‘ydi. 

57. 10 raqamli futbolchilar maydonda jarohat oldi. Ularga tibbiy yordam kerak. 

60. O‘zbekiston terma jamoasida ikki o‘zgarish amalga oshirildi. Hojimat Erkinov Jaloliddin Masharipov o‘rniga, Sardor Sobirxo‘jaev esa Jamshid Iskanderov o‘rniga maydonga tushirildi. 

63. O‘tkir Yusupov to‘pni o‘yinga kiritib berdi. Ammo to‘p raqib tomonga o‘tib ketdi.

65. Ummon tarkibida o‘zgarish. Issam Abdulloh o‘rniga Mahmud al-Mushayfri o‘yinni yakunlab qo‘yadi.

67. Oston O‘runov ofsaydda qolib ketgani sabab hujumimiz yakuniga etmay qoldi. 

69. Hojimat Erkinov raqib jarima maydoni ichida ochiq nuqtada turgan Sobirxo‘jaevga aniq pas etkazib bera olmadi. 

71. Oston O‘runovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

74. Odil Hamrobekov o‘rniga Jasur Yaxshiboev, Oston O‘runov o‘rniga esa Abbos Fayzullaev bahsni davom ettiradi. 

79. O‘yin tempi pasayib ketdi. Raqib keskin hujumga o‘ta olmayapti. 

82. To‘p bilan yana vakillarimiz. 

89. GOOOOOOOOL! Hojiakbar Alijonov hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

90+4. Uchrashuv yakuniga etdi. Hamyurtlarimiz ilk turda yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!