
"CAFA Nation's Cup". Taremidan xet-trik, Azmundan esa dubl yoxud O‘zbekiston finalda Eron bilan o‘ynaydi!
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Qirg‘iz Respublikasi va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Bellashuvda 1:5 hisobi qayd etildi va unda mehmonlar g‘alaba qozondi.
Eron termasi safida Mehdi Taremi xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Serdar Azmun dubl muallifiga aylandi. Qo‘shnilarimizning yagona golini bizga yaxshi tanish bo‘lgan Mirlan Murzaev kiritdi.
Shu tariqa, 2 o‘yinda maksimal 6 ochko qo‘lga kiritgan Eron terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Hal qiluvchi bahsda "fors yo‘lbarslari" O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi saf tortadi.
Fikrlar