Calox: “Agar kelishuv bo‘lmasa, ketishni o‘ylagandim”
"Liverpul" yulduzi Muhammad Salox yangi shartnoma borasidagi muzokaralar qanday o‘tganini ochiqladi. Eslatib o‘tamiz, aprel oyida misrlik futbolchi klub bilan ikki yillik yangi kelishuv imzoladi.
— Shartnoma uzaytirilishi bo‘yicha noaniqlik, jurnalistlar va muxlislar tomonidan har hafta berilayotgan savollar bilan yashash qiyin bo‘lmadimi?
— Aslida, bu menga foyda berdi, chunki hayotimdagi eng yaxshi statistik mavsumi shu bo‘ldi (kuladi). Ehtimol, bu erdagi so‘nggi mavsumi bo‘lishi haqidagi o‘ylar menda katta motivatsiya uyg‘otdi. Har narsani oxirigacha berib, va’da qilganimdek chempionlikni olishga harakat qildim. O‘sha paytlarda shunday o‘ylar bor edi: agar klub men bilan shartnoma uzaytirishni istamasa, hech qanday muammo yo‘q, mavsumni yaxshi tugataman va ortiqcha gap-so‘zlarsiz ketaman.
— Rostdan ham ketish haqida o‘yladingizmi?
— Ha, bu ehtimoldan holi emasdi. Mavsum davomida juda qattiq mehnat qildik, muzokaralar ham oson kechmadi. Ammo oxiri yaxshilik bilan yakunlandi: biz chempion bo‘ldik va men yana ikki yilga shu erda qolaman, – dedi mersesaydliklar yulduzi.



Fikrlar