Chalov Rossiya terma jamoasi bazasini tark etdi. U O‘zbekistonga qarshi maydonga tushmaydi

CHERY AUTO

TsSKA klubi futbolchisi Fyodor Chalov Rossiya terma jamoasi bazasini tark etdi. Uning harorati ko‘tarilgan va ertaga Fyodor vakillarimizga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

Xabar qilinishicha, futbolchi allaqachon Moskvaga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli hujumchi Tojikistonga qarshi bellashuvni asosiy tarkibda boshlagandi. U tanaffusda o‘z o‘rnini Arsen Zaxaryanga bo‘shatib bergandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston - Rossiya uchrashuvi ertaga 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!