Charlz Oliveyra chiqadi va "yanchib" tashlaydi! (So‘rovnoma)

  • 4 aprel, 2024, 17:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 14 aprel tongida “UFC 300 “ turniri start oladi. Mazkur jang kechasining kardi juda qiziqarli tuzilgan.  Assosiy kardning har bir to‘qnashuvi murosasiz o‘tishi aniq. Biz an’anaga muvofiq o‘zbek yakkakurash olami vakillariga Charlz Oliveyra hamda Arman Tsarukyan jangi borasida murojaat qildik.

Tecno

Jasur Alijonov – murabbiy

-Bu jang men uchun ham juda qiziq. Divizionning eng noodatiy jangchilari sarasiga kirishadi. Har ikkisining “arsenali” juda boy. Zarbalar, sabmishenlar... To‘g‘risi, bu jangdagi imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim. Omadi kelgan g‘alaba qozonadi.

Rizo Safarov – murabbiy

Bu jang borasida fikr yuritadigan bo‘lsak, Oliveyraning o‘zining “fishka”lari bor. “Parter”, zarbalari ham yaxshi shakllangan. Tsarukyan yosh, g‘alabaga chanqoq. Hozirda u “parter”dan himoya ustida ishlamoqda. Qolaversa, jismoniy holati ham juda zo‘r. Biroq, Tsarukyanning g‘alabalariga e’tibor qaratsak, birgina kuchli raqib Dariushni mag‘lub etganini ko‘ramiz. Maxechevdan, Gamrotdan yutqazdi. Oliveyra esa bilasiz  Maxachevdan tashqari bari TOP larni urib chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zan tajriba asqotishi mumkin. Ba’zan esa, yoshlik o‘z so‘zini aytishi mumkin. Imkoniyatlarni 50/50 deya baholagan bo‘lardim.

Doston Bozorov – MMA jangchisi

Qiziqarli jang bo‘ladi. To‘g‘ri, hozir Arman Tsarukyan juda yaxshi jismoniy holatga ega. Qolaversa, yosh va ishtiyoqi yuqori. Islam Maxachevga qanday qarshilik ko‘rsatganiga ham guvohi bo‘lganmiz. Ammo Oliveyra o‘ta tajribali... Aynan ushbu tajriba Oliveyraga asqotadi, deb o‘ylaman. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan bo‘lardim. Albatta, Oliveyra foydasiga!

Firdavs Hasanov – MMA jangchisi

Umuman olganda bularning jangida imkoniyatlarni teng deya baholagan bo‘lardim. Lekin Arman Tsarukyan nisbatan yosh va g‘alabaga och, desam yanglishmagan bo‘laman. Lekin Oliveyrani mag‘lub etish oson emas. Ulkan tajriba egasi, shuning uchun bu jangda kim xato qilsa, o‘sha mag‘lubiyatga uchraydi. Imkoniyatlarni yuqorida aytib o‘tganimdek, 50/50 deya baholagan bo‘lardim.

Javohir Imomov – MMA jangchisi

Bu jang menimcha karddagi eng qiziqarli bahslardan biri bo‘ladi. Imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim. Charlzni zarba yo‘llash texnikasini baribir ustun deb bilaman. Tsarukyanni kurashi esa, Maxachevnikiday emasku, o‘xshab ketadi. Bosim, nazoratni yaxshi qiladi. Oliveyra o‘sha “parter”dagi vaziyatni o‘zi berib, og‘riqli usullarni qo‘llashga harakat qilsa kerak. Agar, Oliveyra  “Bek-maunt”ga o‘tib olsa, bo‘g‘ib qo‘yishi aniq. Yana bir “faktor” Arman Tsarukyanni yosh va g‘alabaga chanqoq ekanligi unga ustunlik berishi mumkin. Xullas, imkoniyatlarni teng baholagan bo‘lardim.

Ramazon Temirov – MMA jangchisi

“UFC 300” turnirining “fayt-kard”i juda yaxshi tuzilgan. Qiziqarli janglar ko‘p. Ulardan biri Tsarukyan-Oliveyra jangi bo‘ladi, deb ayta olamiz. Bir-biriga mos raqiblar. Men Arman Tsarukyanni imkoniyatlarini yuqori baholagan bo‘lardim. O‘2ylaymanki, bu jangda Tsarukyan g‘alaba qozonadi.

Shukrullo Yuldashev – MMA jangchisi

Super jang bo‘ladi. Har doim, Charlz Oliveyrani imkoniyati past baholangan. Misol uchun, Toni Fergyuson, Dastin Pore, Jastin Getji, Maykl Chendlerlar bilan jangda ko‘pchilik uning g‘alaba qozonishiga ishonmagan edi. Ammo, u chiqdi va barchasini yanchib tashladi. Tsarukyanga qarshi jangda ham unga past baho berilyapti. Lekin yana chiqadi va Tsarukyanni ham “uxlatib” qo‘yadi. Uzog‘i 2-raundda jang yakunlanadi. Imkoniyatlarni 70/30 deya baholayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!