
Charlz Oliveyra Islom Maxachevning taklifiga javob qaytardi
Engil vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni braziliyalik Charlz Oliveyra engil vazn toifasida amaldagi UFC’ning chempioni rossiyalik Islom Maxachevning taklifiga javob qaytardi. Avvalroq Islom Charlzni Dog‘istonda u bilan birga yig‘in o‘tkazishga taklif qilgandi.
“Men Islomga ushbu taklifi uchun minnatdorchilik bildiraman, lekin o‘zimni Chute Boxe sport zalimni tanlayman va boshqa joylarda mashg‘ulot o‘tkazishni istamayman”, - deya Oliveyraning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BandSports portali.
Eslatib o‘tamiz, Charlz Oliveyra 13 aprel kuni UFC 300 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida armanistonlik Arman Tsarukyan bilan to‘qnash kelgan edi. Jang uch raund davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan Tsarukyan g‘alaba qozondi.
Charlz Oliveyra o‘zining professional faoliyati davomida 34 ta g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2021 yilning mayidan 2022 yilning mayigacha engil vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan.
Fikrlar