"Chelsi" 120 million evro turadigan "Atletiko" futbolchisini sotib olmoqchi

  • 24 iyul, 2020, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" klubi himoyachisi Xose Mariya Ximenes faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 25 yoshli urugvaylik futbolchining tovon puli 120 million evroni tashkil etadi. Ammo, londonliklar bu narxni tushirishga harakat qilishmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, “Chelsi”ning short-listidan Deklan Rays ("Vest Xem") va Natan Ake ("Bornmut") kabi futbolchilar ham joy olgan.

Ximenes joriy mavsum “Atletiko” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!