"Chelsi" 1979 yildan beri bu qadar sharmanda bo‘lmagan edi

  • 26.05.2023 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» bilan qoldirilgan o‘yinda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan «Chelsi» yakunlangan mavsumdagi mag‘lubiyatlar sonini 22 taga etkazdi. Bu raqam, albatta, klub joriy mavsumda ishtirok etgan barcha musobaqalarni hisobga olgan holda hisoblangan.

Ta’kidlash kerakki, "aristokratlar" 1978/1979 yilgi mavsumdan beri bunchalik ko‘p mag‘lubiyatga uchramagan edi. O‘shanda “Chelsi” butun mavsum davomida 29 marta mag‘lubiyatga uchragan va Angliya futbolining yuqori divizionini tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Angliya Premer-ligasining so‘nggi turini 28 may kuni "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi. Londonliklar hozirda APL turnir jadvalida o‘n ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!