“Chelsi” 400 ta gol urgan 18 yoshli forvardga xaridor

  • 20 dekabr, 2023, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi butun dunyodan yosh o‘yinchilarni kuzatib boradi va o‘ziga ma’qul kelganlarini transfer qiladi.

“Aristokratlar” o‘tgan yilning o‘zida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar transferiga 200 million funt sarflab yubordi.

Ayni paytda londonliklar Serbiyaning “IMT” jamoasi hujumchisi Milosh Lukovichni kuzatib bormoqda. Lukovich  15 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi turnirlarda 400 gol urgani bilan mashhur.

18 yoshli futbolchi kattalar o‘rtasidagi faoliyatini ham erta boshladi va dastlabki 17 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qildi.

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, Lukovichning o‘yinlarini baholash uchun Angliya, Germaniya, Gollandiya va Rossiya klublari o‘z skautlarini muntazam yubormoqda.

“Chelsi” mutasaddilari iste’dodli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olib, mahoratini olish uchun kuchli beshlik ligasidagi jamoalardan biriga ma’lum muddat ijaraga jo‘natishni rejalashtiryapti.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!