“Chelsi” Abraxamni qaytaradi

  • 30 aprel, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino qo‘l ostida to‘purarlik mahoratini oshirgan Temmi Abraxamning xaridorlari safi kengayib bormoqda.

Tecno

24 yoshli hujumchini “Manchester Yunayted” va “Tottenxei” o‘z safiga chorlayotgan edi. Endi bu futbolchini tarbiyalagan “Chelsi” ham chetda qolib ketishni istamadi.

Aslida “aristokratlar”da Abraxamni 2023 yilning yozida 80 million evroga qayta sotib olish huquqi bor. Yaqinda rimliklar o‘z to‘purarini aynan 80 million evroga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirganidan keyin “Chelsi” mutasaddilari bu transferni keyingi yilga qoldirmaslikka qaror qildi.

Temmi 2019-2021 yillar davomida londonliklar safida 56 ta uchrashuvda 21 ta to‘p kiritgan bo‘lsa-da, asosiy tarkib hujumchisiga aylana olmagandi. Hozir “Chelsi”ning o‘zi to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!