“Chelsi” “Barsa”ning bo‘shligidan foydalanib qolmoqchi

  • 29 may, 2020, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘zi mo‘ljallagan futbolchilarni olishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Xususan, kataloniyaliklar “Yuventus”dan Miralem Pyanichni olish masalasini hamon hal qila olgani yo‘q. Ular muzokaralarga ko‘p vaqt sarflayapti.

Tecno

Bundan “Chelsi” unumli foydalanib qolmoqchi. Londonliklar bosniyalik pleymeyker uchun “Yuventus”ga Jorjinoni taklif qildi va turinliklarning dastlabki roziligini oldi.

Aslida “Yuventus” rahbariyati “Barselona”dan Arturni olishni rejalashtirgandi. Lekin kataloniyaliklar futbolchisni Turinga borishga ko‘ndira olmadi. Endi A Seriya peshqadami “Chelsi”dagi braziliyalikni olishga ham qarshi emas. Chunki Jorjinoda ham pleymeykerlik qobiliyati bor, u to‘pni aniq uzatadi, jarima to‘pi va penalti tepish bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.

Eng o‘tkir hujum uchligi. Shomurodov “Napoli”, “Sevilya”, “Atletiko”dan oldinda!

PSJ Ikardini “Inter”dan oladigan bo‘ldi. Foydani esa “Yuventus” ko‘radi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!