
"Chelsi" bosh murabbiylikka Tuxel va Mourino variantlarini o‘rganib chiqayotgani rostmi?
"Chelsi" klubi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning faoliyatidan qoniqish hosil qilmayapti. Rahbariyat qayd etilayotgan natijalar ayanchli ekanidan xavotirda.
Ko‘plab manbalarga ko‘ra, "aristokratlar" argentinalik mutaxassis o‘rniga Tomas Tuxel va Joze Mourinoni olib kelishi mumkin. Biroq jurnalist Ben Yakobsning xabar berishicha, londonliklar bu kabi variantni ko‘rib chiqmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, "Chelsi" ayni payt APL turnir jadvalida 40 ochko bilan 12-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar