"Chelsi" Bouen uchun kurashga qo'shildi

  • 31.05.2026 23:34
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" "Vest Xem" yarim himoyachisi Jarrod Bouenni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

The Independent nashrining xabar berishicha, Chempionshipga tushib ketgan "bolg‘achilar" moliyaviy sabablarga ko‘ra yetakchi futbolchilarini sotishga tayyor.

London klubi Bouen uchun kamida 50 million funt sterling talab qilmoqda. Biroq xaridorlar narxni 40 million funt atrofida kelishishga harakat qilishi mumkin.

29 yoshli futbolchi joriy mavsumda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!