
"Chelsi" bu ishga jiddiy kirishdi
"Chelsi" rahbariyati jamoaning markaziy himoyasini kuchaytirish uchun "Yuventus" himoyachisi Matteys de Lixtni olib kelishni asosiy transfer maqsadiga aylantirdi.
Italiyaning Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, “aristokratlar”ning ushbu transfer oynasida 22 yoshli niderlandiyalik futbolchini qo‘lga kiritish niyati nihoyatda jiddiy.
O‘z navbatida "Yuventus" rahbariyati ayni damda De Lixtning ikki yildan keyin tugaydigan shartnomasini uzaytirish ustida ishlamoqda. Futbolchining o‘zi avvalroq shu yilning yozida jamoani tark etishi mumkinligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, de Lixt Turinning "Yuventus" klubi tarixidagi eng qimmat futbolchilar orasida Krishtianu Ronaldu va Gonsalo Iguaindan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
Fikrlar