
"Chelsi" etakchisini 2028 yilgacha jamoada olib qolmoqchi
"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko‘ra, londonliklar rahbariyati 22 yoshli angliyalik futbolchiga 2028 yilning yoziga qadar shartnoma taklif qilishga tayyor. Amaldagi shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Jeyms "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda himoyachi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar