"Chelsi" FIFAning qarori ustidan Xalqaro sport arbitraj sudiga apellyatsiya berdi
Londonning “Chelsi” klubi FIFAning yaqin 2 ta transfer davrida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’qiqlash bo‘yicha chiqargan qaroridan norozi bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda “aristokratlar” ushbu masala yuzasidan Xalqaro sport arbitraj sudiga (CAS) apellyatsiya bergan. Ushbu ariza bugun ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Apellyatsiya ishi qachon ko‘rib chiqilishi “Chelsi”ga ma’lum qilinmayapti.
Fikrlar