"Chelsi" futbolchilari Kostadan uzr so‘rashni talab qilishmoqda

  • 14 yanvar, 2017, 22:44
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Chelsi"da bosh murabbiy va jamoa to‘purari Diego Kosta o‘rtasida vujudga kelgan mojaroni hal qilishda futbolchilar jonbozlik ko‘rsatmoqda.
"Chelsi" futbolchilari bu vaziyatda Diego Kosta bosh murabbiydan uzr so‘rashi kerakligini aytishmoqda. Ular uzstoziga bosh ko‘targan hujumchi noto‘g‘ri yo‘l tutganini ta’kidlashmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Diego Kosta jarohati bezovta qilayotganini aytib, dam olish uchun vaqt so‘ragan. Antonio Konte esa futbolchi shug‘ullanishi kerakligini aytgan. Ispaniyalik to‘purar murabbiy talabni bajarmasdan, bir necha mashg‘ulotga kelmadi.
"Chelsi" futbolchilari aralashganiga qaramay, muammo hali barham topmadi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!