
"Chelsi" futbolchisi Klopp haqida gapirdi
"Chelsi" yarim himoyachisi Kay Xaverts "Liverpul"ga qarshi bahsdan oldin raqib jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida gapirib o‘tdi.
“Klopp – har qanday ma’noda ham ajoyib murabbiy. U “Liverpul”da ko‘p yutuqlarga erishdi, ammo u bular bilan qanoatlanadi, deb o‘ylamayman. Bilishimcha, u hali ham sovrinlarga chanqoq va hali ham g‘alaba qozonishni xohlaydi”, - dedi germaniyalik futbolchi.
"Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar