
"Chelsi" futbolchisi klubdan taklif kutmoqda
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi.
"Yo‘q, men "Chelsi"dan taklif olmadim. Ochig‘ini aytganda bu erda bahtliman. Buni klubdagilar ham yaxshi bilishadi. Endi ularning qarorini kutyapman.
Boshqa klub bilan muzokara o‘tkazishni xohlamayman, chunki hozir klub bilan shartnomam bor," - deydi Villian.
Ma’lumot uchun, braziliyalikning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Fikrlar