
"Chelsi" futbolchisi "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi
Ingliz OAVlarining yozishicha, “qizil iblislar” 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Transferni rasmiylashtirish uchun faqatgina “Chelsi” rahbariyati bilan kelishish qolgan xolos.
Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Mauntni sotib olish uchun 60 million funt sterlinggacha (taxminan 69 million evro) sarflashga tayyor. «Aristokratlar»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning yarim himoyachini tarkibda saqlab qolish istagiga qaramay, uning MYuga ko‘chib o‘tish ehtimoli ancha yuqori.
Meyson Maunt joriy mavsum APLda 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Tomonlar ushbu shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmadi.
Fikrlar