"Chelsi" futbolchisi yozda jamoani tark etadi

  • 30 may, 13:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik huchumchi Kristofer Nkunku joriy yozda Londonning “Chelsi” jamoasini tark etadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi yanvarda uni olib kelmoqchi bo‘lgan “Bavariya” taklifiga mamnun bo‘lar edi va bu variant hozir ham uni qiziqtirmoqda. Shuningdek, Nkunku Angliya chempionatida qolish imkoniyatini ham istisno qilmayapti.

APL klublari orasida unga eng jiddiy qiziqishni “Tottenxem” bildirmoqda. Shu bilan birga, “Nyukasl” va “Liverpul” ham transfer ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nkunku 2023 yili “RB Leyptsig”dan “Chelsi”ga 60 million evro evoziga kelgan edi. O‘tgan mavsumda u APLda 27 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!