“Chelsi” futbolchisiga boshqa ish topildi

  • 8 oktabr, 2021, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempioni “Inter” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Chelsi”dan Markos Alonsoni transfer qilmoqchi.

Tecno

“Inter” va “Chelsi” o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatilgan. Xususan, milanliklar londonliklarning taklifini inobatga olib, Tomas Tuxel orzu qilgan hujumchi Romelu Lukakuni Angliyaga qo‘yib yubordi.

Endi “Inter” Angliyadan Markos Alonsoni olib kelmoqchi. 30 yoshli ispaniyalik o‘yinchiga Evropaning qator klublaridan taklif bo‘layotgani ham bor gap.

Ma’lumotlarga qaraganda, Markos Alonso ichki raqobatda Ben Chiluellga imkoniyatni boy beryapti. Shuni inobatga olgan holda, bu futbolchining o‘zi ham yozda jamoasini almashtirishga rozi ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!