"Chelsi"ga kerak bo‘lmay qolgan hujumchi rekord summaga transfer qilinyapti

  • 27.08.2026 07:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Aston Villa» klubi «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda The Athletic nashri.

Birmingem klubi 25 yoshli forvard uchun 47,5 million funt to‘laydi. London jamoasi shartnomada ko‘zda tutilgan bonuslar orqali yana 17,5 million funtgacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin. 

Shu tariqa, ushbu transfer «Aston Villa» tarixidagi eng qimmat sotib olish sifatida qayd etiladi.

Senegallik futbolchi o‘tgan mavsumni «Bavariya» tarkibida ijara asosida o‘tkazgan edi. U Bundesligada 23 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Uning o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichlari bilan batafsil tanishish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!