
“Chelsi” hamma orzu qilayotgan superforvardni transferga ko‘ndirdi
“Napoli”ning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Viktor Osimxen deyarli barcha grand klublar nishonida turibdi.
Football Transfers nashrining ma’lum qilishicha, nigeriyalik futbolchini 2024 yilning yozida transfer qilish imkoniyatidan “Chelsi” unumli foydalanib qolmoqchi.
“Aristokratlar” mohir to‘purar bilan shartnoma shartlarini oldindan kelishib, uni transferga ko‘ndirgani aytilmoqda. Londonliklar bu uchulni Kristofer Nkunku transferida qo‘llagan edi.
Viktor Osimxen yangi mavsumda ham to‘purarlik mahoratini ko‘rsatmoqda. A Seriyada uchta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi.
Fikrlar